18:25 / 15.10.2016
7828

APLda amaldagi chempion navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Angliya premer-ligasida 8-tur uchrashuvlari boshlandi. Dastlabki o‘yinda «Chelsi» o‘tgan mavsum chempioni «Lester»ni qabul qildi.

Antonio Konte shogirdlari bu uchrashuvni to‘la ustunlik bilan o‘tkazdi va bu hisobda ham aks etdi.

Dastlabki daqiqalardanoq hujumga tashlangan londonliklar 7-daqiqada hisobni ochdi, gol muallifi Diyego Kosta.

Birinchi bo‘limning o‘zida mezbonlar ustunlikni oshirdi, 33-daqiqada Azar hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tashlangan Viktor Mozes 80-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirdi - 3:0.

Bu g‘alabadan keyin «Chelsi» turnir jadvalida hozircha 3-o‘ringa ko‘tarildi. Raneri shogirdlari endilikda 8 turda 4ta mag‘lubiyat, 2ta durang va 2ta g‘alaba qayd etgan holda 8 ochko bilan12-o‘rinda qolmoqda.

Chelsi – Lester 3:0
Gollar: 1:0 – 7 Diyego Kosta, 2:0 – 33 Azar, 3:0 – 80 Mozes.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Ayna, 82), Pedro (Chaloba, 68), Kante, Azar (Loftus-Chik, 82), Diyego Kosta.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Ernandes, Xut, Olbrayton (King, 74), Drinkuoter, Amarti, Shlupp (Marez, 67), Musa (Slimani, 67), Vardi.
Ogohlantirishlar: Xut (27), Aspilikueta (51).

Top