10:13 / 15.10.2016
6101

Denis Istomin Tashkent Challenger-2016 finalining juftlik bellashuvlarida zafar quchdi

Foto: tennis.uz

14 oktabr kuni Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan “Tashkent Challenger – 2016” an'anaviy xalqaro turnirining final bahsi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin va uning sherigi — rossiyalik Mixail Yelgin Tashkent Challenger—2016 ning juftlik bellashuvlarida g‘olib bo‘ldi. 

Finalda mazkur juftlik germaniyalik Andre Begamann hamda hindistonlik Leander Paesni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi — 6:4, 6:2.
Ma'lumot uchun: Istomin Tashkent Challenger—2015 musobaqasining yakkalik bellashuvlarida bosh sovringa ega chiqqandi. U bugun — 15 oktabr kuni Tashkent Challenger—2016 ning ham final o‘yinida ishtirok etib, mazkur musobaqani uchinchi bor yutib olishga harakat qiladi.

Mavzuga oid
Top