20:40 / 15.10.2016
13087

OAV: NATO "mushuk-sichqon uslubida" katta ko‘lamli operatsiyani tayyorlamoqda

Foto: AFP

Britaniya harbiy-dengiz kuchlari NATO kuchlari bilan birgalikda Rossiyaning Suriya qirg‘oqlariga yo‘l oladigan kemalari otryadini kuzatib borishni rejalashtirmoqda. Rossiya kemalari keyingi hafta boshida La-Mansh bo‘g‘ozi orqali o‘tishi kutilmoqda, deb yozmoqda Telegraph nashri.

15 oktabrda Rossiya Shimoliy floti matbuot xizmati "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchi kemasi va "Petr Velikiy" atom kreyseri boshchiligidagi kemalar guruhi Moskva vaqti bilan soat 15:00da O‘rta Yer dengiziga jo‘naganini ma'lum qildi. 

Nashrning ta'kidlashicha, NATO qo‘mondonligi "Admiral Kuznetsov" va Rossiya kemalari guruhini shimoliy Atlantika, Biskay ko‘rfazi va O‘rta Yer dengizida kuzatib borish bo‘yicha "mushuk-sichqon uslubida" katta ko‘lamli operatsiyani tayyorlamoqda.  

"Bu (Rossiya kemalarining Suriyaga yo‘l olishi) bizni esankiratib qo‘ymadi, biz bunga tayyorlanmoqdamiz va buni uddalay olamiz. Bu kemalar katta ehtimol bilan Shimoliy dengiz, Pa-de-Kale va La-Mansh orqali o‘tishi mumkin. Ular Buyuk Britaniyaning shimoli-sharqiy sohillarida to‘xtab, palubadagi aviatsiya parvozlarini amalga oshirishi mumkin", deb ma'lum qildi nashr suhbatdoshi.

Uning aytishicha, Rossiya kemalari bo‘linib, uning bir qismi "ko‘proq muammo yuzaga keltirish maqsadida" Irland dengizi orqali o‘tishi mumkin.

 

Mavzuga oid
Top