11:38 / 16.10.2016
7984

AQSh KXDRni yangi raketa sinovlari o‘tkazishdan tiyilishga chaqirdi

Foto: TASS

Qo‘shma shtatlar KXDR Koreya yarim orolidagi vaziyatni keskinlashtirmasligi, yangi raketa sinovlari o‘tkazishdan tiyilishi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Geri Ross ma'lum qilgan.

"Biz Shimoliy Koreyaning avvalgi raketa sinovlari va hozirgi vaziyatni muhokama qildik. Biz BMTga o‘z xavotirimizni bildirdik. KXDR bu harakatlari uchun mas'uliyatni zimmasiga olishi kerak", deya Rossning so‘zlarini keltirgan TASS.

Pentagon vakili ta'kidlaganidek, AQSh KXDRdagi yangi raketa sinovini qoralaydi va ushbu masalani BMT Xavfsizlik kengashida ko‘rib chiqishga olib chiqmoqchi. Raketalar uchirish KXDRga BMT Xavfsizlik kengashining avvalgi qarorlari bilan bevosita taqiqlangan.

Bundan oldinroq, KXDR o‘rta masofaga harakatlanuvchi ballistik raketa sinovini o‘tkazgani ma'lum bo‘lgandi. AQSh Qurolli kuchlari Strategik qo‘mondonligi bayonotida raketa Kuson shahri yaqinida 14 oktabr, juma kuni mahalliy vaqt bo‘yicha kechga yaqin uchirilganligi ta'kidlangan.

Mavzuga oid
Top