20:01 / 16.10.2016
7323

BRIKS yetakchilari BMTni terrorizm haqidagi konvensiya qabul qilishga chaqirdi

Foto: RIA

BRIKS mamlakatlari rahbarlari xalqaro hamjamiyatni terrorizm bo‘yicha BMTning keng qamrovli konvensiyasi qabul qilinishini tezlashtirishga chaqirdi. Bu haqda Goadagi sammit yakunlariga ko‘ra qabul qilingan deklaratsiya asosida RIA Novosti axborot agentligi xabar berdi.

«Biz barcha mamlakatlarni BMT Bosh assambleyasi doirasida xalqaro terrorizmga qarshi keng qamrovli konvensiya qabul qilinishi bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga chaqiramiz», — deyilgan hujjatda.

Deklaratsiyada shuningdek birlashmaning xalqaro terrorizm, xususan, IShID bo‘yicha umumiy pozitsiyasi ifodalangan. Bu terrorchi tashkilot butun dunyodagi tinchlik va barqarorlikka katta tahdid solib turgani qayd etilgan.

BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR) sammiti 15-16 oktabr kunlari Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tdi.

Top