23:54 / 16.10.2016
11195

Turkiyaning G‘aziantepida IShID bo‘limi yetakchisi qo‘lga olindi

Foto: tr.trend.az

Turkiyaning G‘aziantepida IShID bo‘limi yetakchisi Mexmet Qodir Jobil politsiya tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi. 

Ayni vaqtda Jobil xudkushlar portlashlarini uyushtirganlardan biri ekanligi noma'lum.

Avvalroq turk politsiyachilari ko‘p qavatli uyda terrorchilarni qurshab olishgan. Shturm vaqtida jangarilardan biri o‘zini portlatgan.

Keyin esa ikkinchi portlash birinchi xudkushning sheriklarini qidirish bo‘yicha operatsiya vaqtida qurilish maydonchasida yuz bergan.

 

Top