21:16 / 17.10.2016
8912

IShID jangarilari Mo‘sul ostonalarida neftli o‘ralarni yoqib yubordi

© AP Photo

IShID jangarilari Iroqning Mo‘sul ostonalarida neftli o‘ralarni yoqib yubordi, deb ma'lum qildi 17 oktabrda  "Al-Manar" telekanaliga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. 

Terrorchilar shu tariqa Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasini o‘tkazayotgan iroqlik hayrbiylarning yo‘lini to‘smoqchi hamda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlariga zarbalar berishga halaqit qilmoqchi. Yoqib yuborilgan neftli o‘ralar Iroq armiyasining zirhli tank diviziyasi yo‘l olayotgan Al-Hamdaniya  aholi punkti hududida joylashgan.

Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha quruqlikdagi operatsiya bugun, 17 oktabrda boshlandi. Operatsiyada iroqlik harbiylardan tashqari, mahalliy ko‘ngillilar va AQSh artilleriyasi ishtirok etmoqda.  

 

Top