12:16 / 17.10.2016
5819

Klopp: «Biz qanday raqibga qarshi o‘ynashimizni bilamiz»

Foto: twitter.com/ ‏@GoalUK

Yurgen Klopp bugun «Enfild»da bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ular yuqori saviyali futbolchilarni tarkibda jamlashgan. O‘z-o‘zidan ma'lumki, jamoa o‘tgan yildagiga qaraganda ancha kuchaydi. Boshqacha gap aytishni istardim, ammo afsuski bugun Liverpulga Manchesterdan anchagina kuchli raqib keladi.

Ular futbol nimaligini, uni qanday o‘ynash kerakligini juda yaxshi tushunishadi; ular tajribali futbolchilar va kerakli vaqtda o‘z saviyalarini namoyish qila olishadi. Ular g‘alaba uchun bor kuch bilan harakat qilishlari ham shart emas, juda tajribali va kamroq tajribali jamoalar o‘rtasidagi farq shunda seziladi. Tajribasi kamroq jamoalar o‘z salohiyatlarini ko‘rsatib berish uchun juda yaxshi o‘ynashlari kerak bo‘ladi. Ko‘proq tajribaga ega bo‘lgan jamoalar esa o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatmaganida ham g‘alabaga erisha oladi. Bugungi raqibimizning tarkibida raqobatbardosh futbolchilar yig‘ilgan, ular orasida g‘olib futbolchilar bor. Lekin bu degani ular bugun ham albatta g‘alaba qozonadi degani emas, bu ularda imkoniyat borligini anglatadi. Biz bugun juda yaxshi himoyalanishimiz kerak.

Lekin bu deganim, o‘z yigitlarimga borib, „Ular juda tajribali futbolchilardir, ehtiyot bo‘ling“ deyishimni anglatmaydi. Men bu bilan ular o‘z hududlarida qanday o‘ynashi, biz o‘z hududimizda qanday o‘ynashimiz kerakligini anglatadi. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz kerak. Men hozir ular bizga qarshi qanday taktika qo‘llashini bilmayman, bu hamisha tahlilda muammolar tug‘diradi.

Biz esa o‘z uslubimizda o‘ynaymiz, biz bu uslub omad keltirishiga ishonamiz», degan murabbiy.

Top