15:33 / 17.10.2016
20540

Manba: Al-Bag‘dodiyni Mo‘sulga hujum boshlanishi arafasida qutqarib olib ketishdi

Mo‘sulga aviazarbalar berilishi boshlanishidan bir necha daqiqa oldin shahardan IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy qutqarib olib chiqib ketildi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbaga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Iroqning ikkinchi yirik shahri, IShIDning bu mamlakatdagi markazi bo‘lmish Mo‘sul 2014 yildan buyon jangarilar nazoratida bo‘lib, Iroq harbiylari va koalitsiya kuchlari bugundan bu shaharni egallash uchun jang boshladi.

"IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy aviazarbalar berilishi arafasida qutqarildi. Aviazarbalar Mo‘suldagi qo‘mondonlar yig‘ilgan nuqtaga qaratilgandi", deyilgan xabarda.

Shu bilan birga hujum qaysi tomondan amalga oshirilganiga aniqlik kiritilmagan.

Bundan oldinroq, RIA Novosti Moskvadagi manbaga asoslangan holda AQSh va Saudiya Arabistoni maxfiy xizmatlari Mo‘sulga hujum boshlanishidan oldinroq bu yerdagi jangarilarni Suriyaga olib o‘tish bo‘yicha kelishib olgani haqida xabar tarqatgandi. Bu xabarda bir necha ming jangari Suriya sharqiga, Palmira va Dayr-az-Zorda qamalda qolgan qo‘shinlarga tashlanishi nazarda tutilgani aytilgandi.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top