23:51 / 17.10.2016
14829

Tramp haqidagi qo‘pol hazildan keyin Gollivud yulduzi shousini yuzlab odam tark etdi

Foto:mercurynews.com

Gollivud yulduzi va hajvchisi Emi Shumer AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni Floridadagi shousida haqorat qilgandan keyin shouni 200 ga yaqin odam tark etgan. Bu haqda Tampa Bay Times portali xabar bergan.

Guvohlarning aytishicha, Shumer Trampni zo‘ravon deb atab va uni mahluqqa o‘xshatib, u haqda qo‘pol hazil qilgan. Biroq yulduz bu bilan cheklanib qolmagan va sahnaga Trampni qo‘llab-quvvatlovchi biror odam chiqib, u nima uchun Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlashini tushuntirib berishini so‘ragan. 

Bunga javoban zaldan bir erkak sahnaga ko‘tarilib, Trampga ovoz berishini, chunki uning raqibi Xillari Klintonga ishonmasligini aytgan. Shumerni bu javob qoniqtirmagan va u Tramp o‘zining qiziqqonligi bilan juda xavfli ekanini aytib odamlarni "aqllarini yig‘ishga" chorlagan. 

Shundan keyin zaldagi ba'zi muxlislar aktrisaga nisbatan hushtakbozlik qilishgan. Shumerning o‘zi esa norozilar zalni tark etishlari mumkinligini, yo‘qsa buni qo‘riqchilar qilishini aytgan.

 

Mavzuga oid
Top