10:56 / 18.10.2016
10878

Xitoyda uch ko‘zli va ikki burunli to‘ng‘iz tug‘ildi

Foto: XHNews

Xitoyda uch ko‘zli va 2 burunli to‘ng‘iz dunyoga keldi. Bu haqida "Sinxua" agentligi xabar berdi

U mamlakatning janubi-g‘arbidagi fermalardan birida tug‘ildi. 

"Dastlab men undan qo‘rqdim, keyin esa u menga beozordek tuyula boshladi", - dedi ferma egasi Xe Jusyan.

Manbada ta'kidlanishicha, ferma xodimlari to‘ng‘iz bolasini sut solingan butilkadan oziqlantirishmoqda, chunki mustaqil oziqlanish unga qiyinchilik tug‘diradi. Videotasvirda uch ko‘zli to‘ng‘izning boshqalariga nisbatan kichikroq ekanligini ko‘rishingiz mumkin. 

Top