19:11 / 18.10.2016
15324

Lavrov IShID jangarilari Suriyaga kelsa qanday choralar ko‘rilishini bildirdi

Foto kremlin.ru

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bayonot berishicha, rasmiy Moskva Rossiyada taqiqlangan IShID terrorchilik guruhi jangarilari ortga chekinsa, ularga nisbatan harbiy choralar ko‘radi. Ular, Iroqning Mo‘sul shahridan Suriyaga qochsa, shunday keskin choralar ko‘riladi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

«Saqlanib turgan yo‘lak IShIDning Iroqdan Mo‘sul orqali Suriyaga qochishi borasida ehtimollarni paydo qiladi, — deya izoh bergan tashqi ishlar vaziri. — Albatta, biz vaziyatni baholab, siyosiy va harbiy qarorlar qabul qilamiz. Agar zarurat paydo bo‘lsa, Suriya hukumatining so‘roviga ko‘ra, shunday qilamiz».

 

Mavzuga oid
Top