Xitoyning bortida ikki nafar fazogir bo‘lgan «Shenchjou-11» fazo kemasi «Tyangun-2» laboratoriya moduli bilan muvaffaqiyatli ulandi, deb xabar qilmoqda TASS axborot agentligi.
Pekin parvozlarni nazorat qilish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, ulanish avtomatik tartibda, Yerdan 393 km balandlikda amalga oshirilgan.
Avvalroq, «Shenchjou-11» ichidagi fazogirlar (taykonavtlar)ning parvozi 33 kun davom etishi, shundan 30 kunni «Tyangun-2» modulida o‘tkazishi xabar qilingan edi.