15:48 / 19.10.2016
5675

Iroq shialari Mo‘sulni ozod etish harbiy harakatini qo‘llab-quvvatlab chiqishdi

Foto: Globallookpress.com

Iroq shialarining ko‘ngilli harbiy tuzilmalari hukumatining Mo‘sul shahrini IShID terrorchilik tashkiloti nazoratidan ozod etish harakatini qo‘llab-quvvatlashliklarini ma'lum qildi. Bu haqda Interfax xabar bermoqda.

Ularning ma'lum qilishicha, Mo‘suldan 50 km masofada joylashgan Tal-Afar shahrini ozod etishdagi harbiy harakatlarga qo‘shilishadi.

Shia harbiy guruhlarining aytishlaricha, ular ikki yo‘nalish:  “Tal-Afar va Mo‘sul markazi uchun” bo‘layotgan harbiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlashadi.

Ma'lumot uchun: Tal-Afar va Mo‘sul IShID jangarilari tomonidan 2014 yilda bosib olingan edi.
 

Mavzuga oid
Top