19:21 / 19.10.2016
20972

Putin Mutkoni vazifasidan ozod qildi

Foto: Kremlin.ru

Vitaliy Mutko Rossiya sport vaziri lavozimidan bo‘shaydi va Sport masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari vazifasiga o‘tadi. Uning bu lavozimga nomzodi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan hukumat rahbari Dmitriy Medvedevga tavsiya etilgan. Bu haqda «Interfaks» xabar tarqatdi.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Mutko yangi lavozimida Sport, turizm va yoshlar siyosati masalalari bilan shug‘ullanadi.

Shu bilan birga Vitaliy Mutko Rossiya futbol ittifoqi prezidentligini davom ettiradi. U 24 sentabr kuni lavozimiga qayta saylangandi.

Mavzuga oid
Top