17:02 / 19.10.2016
17187

Video: Suriya tanki 2 marta TOW raketasiga chap berishga muvaffaq bo‘ldi

Foto: Youtube/victor sanchez

Ijtimoiy tarmoqda Suriya qurolli kuchlariga qarashli bo‘lgan tankning tankka qarshi raketa (TOW) hujumiga ikki marta chap berishga muvaffaq bo‘lgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Video muallifining tasdiqlashicha, T-72 tankining harakati shimoliy Hamada suratga olingan.

Unda tank jangarilar tomonidan uyushtirilgan ikkita hujumga ham chap berishga muvaffaq bo‘lganini ko‘rish mumkin. Jangarilar tankka TOW majmuasi yordamida hujum qilishgandi.

Mavzuga oid
Top