12:42 / 19.10.2016
6384

Jahon banki Ukrainaga gaz sotib olish uchun 500 mln dollar taqdim qildi

Foto: ntv.ru

Jahon banki Ukrainaga "Naftogaz Ukrainy" milliy aksionerlik kompaniyasi gaz sotib olishni moliyalashtirishi uchun 500 mln dollar kredit kafolati taqdim qildi. Bu haqda Ukraina moliya vaziri Aleksandr Danilyuk ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

"Jahon banki boshqaruvining "Naftogaz"ga 500 mln dollarlik kredit berish qarorini qutlayman. Bu isitish mavsumidan osoyishta o‘tishga imkon beradi", deb aytdi Danilyuk feysbukdagi sahifasida.

U, shuningdek, "Naftogaz" bilan bu loyiha ustidan bir necha oy ishlaganini qo‘shimcha qildi.  

Mavzuga oid
Top