20:10 / 20.10.2016
15529

Britaniyalik dizayner turli irqlar uchun musulmoncha liboslar kolleksiyasini taqdim etdi

Foto: @wwags/Habiba Da Silva

Britaniyaning Birmingem shahridan bo‘lgan dizayner va bloger Habiba da Silva turli irqlar uchun musulmoncha kiyimlari kolleksiyasini ishlab chiqdi. Ular turli teri ranglariga muvofiq tarzda tayyorlangan.

The Metro xabariga ko‘ra, kiyimlar paxtadan tayyorlangan bo‘lib, allaqachon sotuvga chiqarilgan: ularning narxi 24,5 dollardan boshlanadi. Kolleksiyada to‘rt tusli modellar chiqqan bo‘lib, ularni kengaytirish borasida ish olib borilmoqda.

Foto:  @wwags/Habiba Da Silva

Teri rangiga moslab kiyim bichish yangilik emas. Masalan, may oyida Amerikaning Naja markasi Nude for All liboslari kolleksiyasini taqdim etgan edi. Kiyimlar ekologik toza matodan tayyorlangan edi.

Foto:  @wwags/Habiba Da Silva
Foto:  @wwags/Habiba Da Silva

 

Mavzuga oid
Top