19:58 / 20.10.2016
7401

Buffon otasidan maqtov eshitdi

«Yuventus» jamoasi va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Buffonning otasi bo‘lmish Adriano Buffon o‘z o‘g‘lining YeChL guruh bosqichida «Lion» jamoasiga qarshi o‘tkazgan o‘yiniga baho berdi.

Bu uchrashuvda kichik Buffon penaltini bartaraf bergan va bir necha muhim seyvlarni amalga oshirgandi.

«Bu o‘yin menga Jijining A seriyadagi ilk uchrashuvini eslatib yubordi. Ular o‘shanda («Parma» safida - tahr.) «Milan» bilan o‘ynashgandi. Men uchun bu uchrashuv o‘g‘lim ishtirokidagi eng zo‘r o‘yin bo‘lgan. U kecha Fekirning zarbalarini xuddi 20 yoshidagidey ishonch bilan qaytardi. Bundan yuragim jimirlab ketdi.

Men Donnarummaning o‘yinlarini tomosha qilayapman, menga tuyulyaptiki, u ham o‘z faoliyatini mening o‘g‘lim kabi boshladi. U hozir ancha yetuk ko‘rinmoqda ham. Jiji esa 17 yoshida go‘daklarni eslatar edi.

Jiji to‘pga sakraganida Lev Yashinni eslayman.

Agar men uni achchiqlantirmoqchi bo‘lsam, unga deyman: tor kulbangdan chiq – bu sen uchun muammo keltirmoqda! U o‘yin oxiridagi vaziyatda boshqa darvozabonlar kabi oldinroqqa chiqishi ham mumkin edi,  ammo u chiziq ustida qolishga qaror qildi va Tolissoning zarbasini to‘sa oldi», – degan ota Buffon.

«Meni ko‘mishga hali erta!» Buffon o‘z tanqidchilariga javob qaytardi

«Milan» darvozaboni badaniga hech qachon tatu chizdirmasligi sababini aytdi

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top