21:35 / 20.10.2016
15401

Kechki dayjest: 20 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 20 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq qabul qilindi


Foto: parliament.gov.uz

 

20 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

Atambayev Farg‘onada vertolyot halokatga uchragani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi


Foto: «TASS»

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 18 oktabr kuni O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida Mudofaa vazirligiga tegishli Mi-171 vertolyoti halokatga uchragani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.

>>> Batafsil.

Yaponiya kompaniyalari Navoiy IES bug‘-gaz qurilmasini barpo etadi


Foto: nies.uz

Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd. (MHPS) kompaniyalari «Navoiy Issiqlik elektrostansiya»ning 450 mVtlik ikkinchi aralash siklli bug‘-gaz uskunasini qurib beradi. Mitsubishi Corporation bayonnomasiga ko‘ra, «O‘zbekenergo» AJ loyihani yapon kompaniyalariga ishonib topshirgan.

>>> Batafsil.

Buyuk Britaniya Parlamenti a'zosi O‘zbekistonga rasmiy tashrifini boshladi


Foto: TAEDP

Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi, Britaniya imperiyasi ordeni faxriy sohibi, baronessa Viven Stern O‘zbekistonga o‘zining rasmiy tashrifini boshladi.

>>> Batafsil.

Tramp Klintonning Putinni nima uchun yoqtirmasligini ma'lum qildi


Foto: Reuters

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning bayonot berishicha, demokratlar nomzodi Hillari Klinton Vladimir Putin uni har qadamda chuv tushirgani uchun Putinni yoqtirmaydi.

>>> Batafsil.

Filippinning so‘kong‘ich prezidenti yana Obamani haqoratladi va AQSh bilan "xayrlashdi"


Foto: AFP

Filippin uchun AQSh bilan "xayrlashish" vaqti keldi, deb aytdi "7 ming orol davlati" prezidenti Rodrigo Duterte Xitoyga tashrifi vaqtida.

>>> Batafsil.

"Normand to‘rtligi" yetakchilari nimalar haqida muzokaralar olib borishdi?


Foto: RIA

Berlinda normand formatidagi muzokaralar nihoyasiga yetdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlar bilan suhbatda yetakchilarning Donbassdagi nizo va YeXHT missiyasini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishgani haqida ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Turkiya 200 nafar kurd jangarisi o‘ldirilgani haqida ma'lum qildi


Foto: Reuters

Turkiya aviatsiyasi tomonidan berilgan zarbalar oqibatida 200 nafar kurd jangarisi yo‘q qilingan.

>>> Batafsil.

"Rossiya qo‘g‘irchog‘i" va "battol ayol": Debatlarning uchinchi raundi qanday o‘tdi?

AQShning Nevada universitetida (Las-Vegas) prezidentlik debatlarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Debatlarga  Fox News jurnalisti Kris Uollec moderatorlik qildi. Boshlovchi Donald Tramp va Hillari Klintonga olti mavzu bo‘yicha savol bilan murojaat qildi.

>>>  Batafsil.

Rossiyadan xavfsirayotgan Boltiq mamlakatlari 2018 yilgi mudofaa xarajatlarini 3 barobar oshiradi


Foto: Flicr

Litva, Latviya va Estoniya qurollar va harbiy texnikalar uchun xarajatlarni keskin oshirishni rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Boltiq dengizi mamlakatlari 2018 yilga kelib, mudofaa byudjyetini 2014 yil bilan taqqoslaganda 3 martaga oshirib, 670 mln dollarga yetkazish niyatida.

>>> Batafsil.

Video: Hayotdan nimani talab qilsang, oqibatiga tayyor tur

Reddit portalida 2012 yilda Tobias Xansson tomonidan tasvirga tushirilgan videoga e'tibor qaratildi.

>>>  Batafsil.

Tom Kruz to‘qqiz daqiqa ichida 23 rolini jonlantirdi

Hollivudning mashhur aktyori Tom Kruz CBS telekanalida Jyeyms Kordenning mehmoni bo‘ldi. 9 daqiqali sketchda aktyor boshlovchi bilan birgalikda o‘zi bosh rollarni ijro etgan filmlaridan sahnalarni jonlantirdi.

>>> Batafsil.

Shveytsariyada narxi 20 ming dollar bo‘lgan Pikachuli soat ishlab chiqarishdi


Foto: RJ-Romain Jerome

Shveytsariyaning RJ-Romain Jerome kompaniyasi Pokemon mediamahsulotining 20 yilligiga bag‘ishlab soat taqdim etdi.

>>> Batafsil.

Tesla to‘liq avtonom elektromobillarini namoyish qildi


Foto: scoopnest.com

Elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasi bosh direktori Ilon Mask to‘liq avtonom bo‘lgan elektromobillari — Model S Model X va Model 3 namunalarini oshkor qildi.

>>>  Batafsil.

Buffon otasidan maqtov eshitdi

«Yuventus» jamoasi va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Buffonning otasi bo‘lmish Adriano Buffon o‘z o‘g‘lining YeChL guruh bosqichida «Lion» jamoasiga qarshi o‘tkazgan o‘yiniga baho berdi.

>>>  Batafsil.

FIFAning yangi reytingida O‘zbekiston Yaponiya va Rossiya terma jamoalaridan yuqorida


Foto: O‘FF

Bugun FIFA saytida tashkilotning navbatdagi reyting jadvali e'lon qilindi. Yangi reytingda O‘zbekiston terma jamoasi 48-o‘rinda joylashdi.

>>>   Batafsil.

Kun fotosi: Mini-futbol bo‘yicha Rossiya ayollar terma jamoasi Eronga qarshi o‘yinda

19 oktabrda Rossiya Mini-futbol assotsiatsiyasi o‘zining "VKontakte"dagi sahifasida rossiyalik sportchilarning Eron mahalliy jamoasi bilan o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvi fotohisoboti bilan bo‘lishdi.

>>>  Batafsil.

Top