10:49 / 20.10.2016
18923

Kun fotosi: Mini-futbol bo‘yicha Rossiya ayollar terma jamoasi Eronga qarshi o‘yinda

19 oktabrda Rossiya Mini-futbol assotsiatsiyasi o‘zining "VKontakte"dagi sahifasida rossiyalik sportchilarning Eron mahalliy jamoasi bilan o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvi fotohisoboti bilan bo‘lishdi. Ijtimoiy tarmoqdagi izoh qoldiruvchilar e'tiborini rossiyalik sportchi qizlarning noodatiy ko‘rinishi jalb qildi - ular musulmon raqiblari kabi maydonga hijobda tushishdi.

"Dina" mini-futbol klubining ijrochi direktori Aleksandr Kochetkov bu izohlarga futbolchi qizlarning bunga o‘rganib qolgani, yilda ikki marta shunday ko‘rinishda o‘ynashlari va bu musulmon an'analariga bo‘lgan hurmat ekanligidan dalolat berishini ta'kidladi. 

"Umuman olganda, bizning qizlarimiz muntazam ravishda Eronga borishadi, eronliklar esa - bu yerga. Ular Rossiya hududida hijobda o‘ynashadi, chunki islom dini an'analariga ko‘ra, ular sochlari va tana a'zolarini ko‘rsatishlari mumkin emas. Biznikilar odatiy sport kiyimida o‘ynashadi. Qizlarimiz Eronga borishganida esa ro‘mol va shimda o‘ynashadi. 

Ayol kishi bo‘lsang, Eronga uchib borganingda boshingga ro‘mol o‘raysan. Bu haqida seni samolyotda ogohlantirishadi, boradigan joyning diniga bo‘lgan hurmat yuzasidan ana shunday qilish kerak. Eronda deyarli hamma joyda hijobsiz yurish mumkin emasligini eslatuvchi belgilar mavjud. 

Men qiziqish yuzasidan "Biznikilar an'anaviy ko‘rinishda o‘ynashi mumkinmi?" deya so‘radim. Ular bunga qarshi emasliklari, unday bo‘lsa, zalda birorta erkak kishi bo‘lmasligi kerakligini aytishdi: na chiroqlar, na operator, na rejissyor. O‘yin ham efirga uzatilmasligi kerakligi ta'kidlandi". 

Aleksandr Kochetkov, "Dina" mini-futbol klubining ijrochi direktori

O‘yin 3:3 va 5:3 hisobida Rossiya foydasiga hal bo‘ldi.

Top