12:46 / 20.10.2016
9145

So‘rov: Klinton uchinchi telebahsda g‘olib bo‘ldi

Foto: AFP

AQSh prezidentligiga demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lmish Hillari Klinton Las-Vegasda o‘tkazilgan uchinchi telebahslarda respublikachilar nomzodi Donald Trampni ortda qoldirgan. Bu haqda CNN/ORC so‘rovi yakuniga ko‘ra ma'lum qilindi.

Xabar qilinishicha, so‘ralganlarning 52 foizi fikr bildirishicha, Klinton debatlarda ishonch bilan so‘zlagan. 39 foiz kishi Tramp ustunroq kelganini qayd etgan.

Las-Vegasda o‘tkazilgan debat prezidentlik uchun saylovdan oldingi oxirgi debat bo‘ldi.

Kuzatuvchilarning qayd etishicha, Trampning nufuzi saylovchilar orasida tushib ketgan. Bunga OAVda uning ayollarga yovvoyilarcha munosabatda bo‘lishi haqidagi xabarlar e'lon qilingani sabab bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, CNN telekanalning debatlar ikkinchi raundi yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovlariga nisbatan Tramp o‘zining ko‘rsatkichlarini birmuncha yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda respondentlarning 34 foizi unga, 57 foizi esa Klintonga ovoz bergandi. 

Top