15:07 / 21.10.2016
5388

Andijonda Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlarda yoshlar muammolari o‘z yechimini topmoqda

Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida Respublika ishchi guruhi a'zolari bilan yoshlarning ijtimoiy kayfiyati, muammolari va taklif-istaklarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.

17-20 oktabr kunlari viloyatning tuman va shaharlarida tashkil etilgan uchrashuvlar davomida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlod vakillarining yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ijtimoiy sohalardagi jarayonlar bo‘yicha faol fikrlayotgani va tahliliy yondoshayotganiga guvohi bo‘ldik.

Andijon Davlat Universitetida o‘tkazilgan ochiq muloqotda ham yoshlarning ijtimoiy kayfiyati, muammolari o‘rganilib, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlar bilan bog‘liq takliflariga e'tibor qaratildi.

“Kamolot” YoIH Markaziy Kengashining mutaxassislari, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Maxamadjan Nishanov, taniqli san'atkor va sportchilar ishtirok etgan ochiq muloqot davomida Andijon shahrida istiqomat qilayotgan yoshlar, ta'lim muassasalarining o‘quvchilari tomonidan o‘rtaga tashlangan muammolar, yechimini kutayotgan o‘nlab masalalar ijobiy hal etildi.

- Kollejimizda o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun anjomlar yetishmayotgan edi, - deydi Andijon bank kolleji talabasi Jahongir O‘rinov. – Uchrashuv davomida ushbu muammoni o‘rtaga tashladim. Muammoni yechimi shu joyning o‘zida hal qilindi. Bundan barchamiz juda xursandmiz.

Ochiq mikrofon orqali Andijon avtomobil yo‘llari kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Asilbek Ashuraliyev, o‘qishni tamomlayotganlarida haydovchilik guvohnomasini olish istaklari borligini, faol yoshlardan Oqila Bahodirjonova kollejning iqtidorli yoshlari uchun stipendiyalar joriy etish, Setora Mamadaliyeva viloyat markazida “Ajdodlar merosi va zamonamizningg yosh qahramonlari” muzeyini tashkil takliflarini bildirdilar. Yoshlarning istak va takliflari respublika ishchi guruhi tomonidan qayd etilib, chora-tadbirlar loyihasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi ta'kidlandi.

Bu kabi ochiq muloqotlar viloyatimizning barcha tumanlarida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishlar davomida yoshlar o‘zlarining orzu-istaklari ro‘yobga chiqib, muammolari yechimini topganligi uchun minnatdorchiliklarini bildirdilar. 

Elmurod Ermatov, Andijon

Top