17:23 / 21.10.2016
17429

Yashnobod tumanidagi maktabda til bayrami o‘tkazildi

Bugun Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 226-maktabda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 27 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bolalarning sevimli jurnali “Jajji akademik” bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda o‘quvchilar o‘zbek tilining tarixi va buguni haqida ko‘plab qiziqarli hamda qimmatli ma'lumotlar bilan tanishishdi.

Jurnal bosh muharriri Xurshid Ibrohimov bolalar qalbida o‘z ona tiliga nisbatan muhabbat uyg‘otishning ahamiyati, xususan, “Jajji akademik” jurnalining bu boradagi sa'y-harakatlari haqida so‘zladi. 

Tadbirda o‘quvchilarning o‘zbek tili bo‘yicha savodxonligi darajasini aniqlashga qaratilgan qiziqarli viktorina-o‘yinlar ham bo‘lib o‘tdi. Savollarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar “Jajji akademik” jurnali hamda “Akademnashr” nashriyotining sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 

Mavzuga oid
Top