20:52 / 21.10.2016
9284

Elbrusda halok bo‘lganlar soni so‘nggi 10 yil ichida rekord darajaga yetdi

Elbrusda 2016 yilda halok bo‘lgan sayyohlar soni 2006 yildan beri ilk bor rekord natijani qayd etdi. Bu haqda Elbrus qidiruv-qutqaruv guruhi boshlig‘i Abdulloh Guliyev TASS bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi.

"Bu yili odamlar oqimi o‘tgan yilgiga qaraganda ko‘paygan. Elbursning o‘ziga yil boshidan beri 20 ming sayyoh chiqqan. Afsuski, falokatlar soni ham ortgan: Elbrusda 30 kishi halok bo‘lgan, Qabardin-Bolqor tog‘larida umumiy hisobda 40 kishi nobud bo‘lgan", - dedi u.

"Kabardin-Bolqor tog‘larida 2006 yildan beri buncha miqdorda sayyoh halok bo‘lmagan edi. Shuni aytish kerak-ki, avvalroq, bundan 2-3 yil muqaddam, Elbrusda odamlar ommaviy ravishda halok bo‘lgan edi – o‘shanda butun bir guruh, yetti nafar va 10 nafar kishi halokatga uchragan. Profilaktik ishlar sabab 2006 yildan beri bunday holatlar bitta ham uchramadi. Ammo bir yilda 40 nafar odamning halok bo‘lganini so‘nggi 10 yil ichida eslay olmayman", - dedi ekspert.

Elbrus, Kabardin-Bolqor, sayyohlar,

Mavzuga oid
Top