15:59 / 21.10.2016
5462

Google Nyu-Yorkda ilk firma belgisi ostidagi do‘konini ochdi

Foto: Business Insider

Google korporatsiyasi o‘zining birinchi savdo do‘konini ochdi. U Nyu-Yorkdagi Spring-strit 96 ko‘chasi (Manxettenning janubiy qismi)da joylashgan bo‘lib, Apple Store'dan uzoqda emas. Savdo maydonining ichki dizayni ko‘rgazmalar zali shaklida bo‘lib, u yerda kompaniyaning eng so‘nggi yangiliklari, jumladan, Pixel yangi smartfonlari va aqlli Google Home karnaylari namoyish etiladi.

Barcha qurilma va aksessuarlarga tegib ko‘rish va sinovdan o‘tkazish mumkin, biroq sotib olayotganda Verizon operatori yoki Google onlayn-do‘koniga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Suratlar: Business Insider

Top