16:21 / 21.10.2016
6864

OAV: "Nobel laureati Bob Dilan endi oddiy Bob Dilanga aylanib qoldi"

Foto: Twitter.com/rt

Amerikalik qo‘shiqchi, rassom va aktyor Bob Dilanning saytidan Nobel mukofotini anglatib turuvchi ibora yo‘qolib qoldi. Mukofot haqidagi eslatma musiqachining saytida 20 oktabr kuni paydo bo‘lgan edi.

The Guardian nashrining ma'lum qilishicha, “adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati” iborasi sahifadan o‘chirib tashlangan.

“Nobel mukofoti sohibi Bob Dilan endi oddiy Bob Dilanga aylanib qoldi”, — deb yozgan gazeta.

Ma'lum qilinishicha, qo‘shiqchi shu paytga qadar mukofot olganiga izoh bermagan.

Ma'lumot uchun, Bob Dilan Nobel mukofotini 2016 yilda “Buyuk Amerika an'naviy musiqachiligida yangi she'riy ifoda yaratgani uchun” qo‘lga kiritgan edi.

Bungacha bir necha marta Nobel qo‘mitasi Bob Dilan bilan bog‘lana olmagani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.

Top