07:28 / 21.10.2016
9793

Obama Tramp g‘olib bo‘lsa, uni shaxsan inauguratsiyaga kuzatib borishga tayyorligini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama AQSh prezidenti lavozimiga nomzod  Donald Trampni qo‘llab-quvvatlamasligini, biroq agar u saylovlarda g‘olib bo‘lsa, uni shaxsan inauguratsiyaga kuzatib borishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Erik Shults ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.   

"Men aminmanki, respublikachilar nomzodi Trampni amaldagi prezidentchalik hech kim kamroq qo‘llab-quvvatlamasa kerak. Biroq shu sharoitda ham mamlakat rahbari hokimiyatni tinchlik bilan topshirish tarafdori. Va Obama Trampni AQSh kongressining Kapitoliy tepaligidagi binosiga kuzatib boradi", deb aytdi Shults.

Avvalroq Barak Obamaning o‘gay akasi Malik Obama Trampga o‘z ovozini berishga va'da bergandi. Malik Obama yakuniy teledebatlarda shaxsan ishtirok etishini aytgan. Tramp bunga javoban prezident qarindoshi bilan uchrashishdan xursand bo‘lishini aytgan.

Tramp agar saylovlar natijalari unda shubha uyg‘otsa, u bo‘yicha bahslashishidan ogohlantirgan.

Top