17:59 / 21.10.2016
8961

Pentagon Turkiyaning Iroqdagi da'volaridan tashvishda

Foto: Getty Images

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Anqara ma'muriyatini Iroq suverenitetini hurmat qilishi zarurligiga ishontirmoqchi. U o‘zining Turkiyaga safari chog‘ida Mo‘sulni IShIDdan ozod qilish amaliyotida ishtirok etishda, Bag‘dodning noroziligiga qaramay, qatnashmoqchi bo‘layotgan Turkiya tomonini fikridan qaytarishga urinib ko‘radi.
 
Bunda Pentagon rahbari jurnalistlarning Turkiyaga Iroqdagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etishiga ruxsat berish kerakmi?, degan savollariga javob bermagan. Vashington bu boradagi qarorni Bag‘dod hukumati qabul qilishi kerakligini aytgan edi. 

Karter, shuningdek, Turkiyaning Suriya shimolidagi kurdlar guruhiga havo zarbalari berganiga oid taxminlarni ham izohlamagan. Bu jangovar bo‘linmalar AQShning IShIDga qarshi kurashida ittifoqchilari hisoblanadi. 

Turkiya rahbariyati bundan avval bir necha marotaba AQShning Suriya jangarilariga qarshi kurashayotgan kurd bo‘linmalari bilan hamkorlik qilayotganidan noroziligini bildirgan edi. 

Karter OAV vakillari bilan uchrashuvida ta'kidlashicha, AQSh Turkiya va Iroqni o‘zining ittifoqchilari va "yaqin do‘stlari" deb bilishini aytgan. 

Ayni vaqtda, Turkiya harbiy bo‘linmalari, Bag‘dodning zudlik bilan mamlakat hududini tark etishni talab qilayotganiga qaramay, Mo‘suldan 20 km uzoqlikda joylashgan. Erdo‘g‘anning fikricha, Turkiya tahdidlarga qarshi o‘z chegarasida qarshi kurashishga haqli. 

Avvalroq, Reyter agentligi bilan suhbatda, nomini oshkor qilmagan Pentagon mulozimi, AQSh mudofaa ma'muriyati norasman Turkiyaning ayrim iddaolarini tan olishini bildirgan edi. Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlar armiyalari Iroqda faqatgina rasmiy Bag‘dod ruxsati bilan faoliyat yuritishi mumkinligini ta'kidlaydi. 

Top