17:05 / 21.10.2016
24713

Rustam Azimov va Chjan Gaoli muzokaralar o‘tkazdi

Foto: news.cn

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov XXR Davlat kengashi raisining o‘rinbosari Chjan Gaoli bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Sinxua” axborot agentligi. Uchrashuv 2016 yil 20 oktabrda bo‘lib o‘tgan. 

Chjan Gaoli Xitoy O‘zbekiston bilan aloqalarga katta e'tibor qaratayotganini qayd etib, XXR rahbari Si Tszinpin O‘zbekiston rahbariyati bilan do‘stona va yaqin aloqada ekanini ta'kidlagan.

U, shuningdek, Xitoy va O‘zbekiston, davlat rahbarlarining kelishuvlarini amalga oshirishlari kerak. Bundan tashqari, hamkorlikni sifat jihatidan yuqoriga ko‘tarish, xususan ishlab chiqarish quvvatlari, infratuzilma va energiya zaxiralari inshootlarining qurilishi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirishlari kerak.

O‘z navbatida Rustam Azimov O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz yordam berayotgani uchun Xitoy hukumatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Top