16:19 / 21.10.2016
51085

Sumbula - oilaviy maskanida kuz-qish mavsumi uchun issiq, to‘yimli taomlar tayyorlana boshlandi

Ishga tushganiga ko‘p bo‘lmasdan, ko‘pchilikning qalbidan o‘rin egallagan «Sumbula»da bir qancha yangiliklar amalga oshirildi. Quyida ular bilan sizlarni tanishtiramiz.

Shinam maskan – arzon narxlar

Sumbula oilaviy maskanining asosiy shiori «Siz va oilangiz uchun shinam maskan, yuqori sifat – arzon narxlarda». Uning intereri did bilan, milliy me'morchilik usullari, hamda zamonaviy restoranchilik talablarini e'tiborga olib bezatilgan. Odatda, bunday shinam maskanlarda ovqatlanish yakuniy hisobingizda o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Sumbula oilaviy maskanida esa, sifatli taomlar shinam maskanda hamyonbop narxlarda sizga tortiq qilinadi.

Yanada ko‘p, yanada xilma-xil taomlar

Sumbula oilaviy maskanining taomnomasi o‘zbek milliy taomlarining sara durdonalarini, hamda Yevropa va Osiyo oshxonalarining hammabop taomlarini qamrab olgan. Taomnoma kuz va qish mavsumini e'tiborga olib, bu mavsumga xos o‘zbek milliy taomlari bilan ham boyitildi. Mahalliy ehtiyojlarni inobatga olgan holda, ko‘p talab qilinayotgan salatlar, shuningdek yangicha Yevropa salatlari bilan ham mehmonlar xushnud etilmoqda.

Kuz — baliq mavsumi

Baliqli taomlar ishtiyoqmandlari uchun «Sumbula»da maxsus baliqli menyu taklif qilinmoqda. Unda g‘ijduvoncha usulda tayyorlangan sudak balig‘i filesi, an'anaviy usulda qovurilgan daryo sazani va restoranning bosh oshpazidan maxsus dimlama sazan o‘rin egallagan. Har bir baliq taomlari ta'bga mos souslar bilar tortiq qilinadi. Sovuq kunlarda ushbu baliqli taomlar mehmonlarning ko‘nglini olmoqda.

Nonushta uchun yangi menyu

Nonushtaga mastava istaysizmi? Issiq non bilan qaymoqnichi? «Sumbula»da o‘zbek milliy nonushta madaniyatimiz, shuningdek kundalik nonushta talablari e'tiborga olinib, alohida menyu tayyorlangan va yaqin kunlarda ishga tushadi. Albatta, mazali bo‘ladi.

Oilaviy tadbirlar – oilaviy maskanda

«Sumbula» oilaviy tadbirlar uchun ham shinam maskanga aylangan. U yerda milliy an'analarimizga xos oilaviy, hamda korporativ tadbirlar ham o‘tkazilmoqda.

“Sumbula” sayyohlar e'tiborida

O‘zbek milliy me'morchiligiga asoslanib qurilgan hamda o‘zbek oshxonasining sara durdonalari zamonaviy usulda tortiq qilayotgan ushbu maskan chet ellik sayyohlar va yurtimiz mehmonlarining ham e'tiboridan chetda qolmadi.

Bolalar maydonchasi

Oilaviy maskanni bolalar maydonchasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sumbula — oilaviy maskanining bolalar maydonchasida ham ko‘plab bolakaylarning eng baxtli onlari nishonlandi.

Farzandlaringiz boshqa kunlarda ham maroqli hordiq chiqarishi uchun «Sumbula» maskani dam olish va ta'til kunlarida ajoyib ko‘ngilochar hamda animatsion tomoshalarini taklif qilmoqda.

Sumbula nima?

Xalqimiz orasida, mumtoz adabiyotimizda va qo‘shiqlarimizda shunchalik ko‘p tilga olinadigan Sumbula o‘zi aslida nima?

Sumbula – shifobaxsh o‘simlik

Sumbula asosan O‘rta Osiyo dashtlarida o‘sadigan shifobaxsh o‘simlik bo‘lib, Abu Ali Ibn Sinoning «Tib qonulari» kitobida ham Sunbul alohida tilga olgan. 

Sumbula – xushbo‘y mushk

Sumbula o‘simligining ildizi o‘zidan mashhur mushk iforini taratadi, shuning uchun ham Sumbulaning ildizi Mushk ildizi (Ferula moschata) deb nomlanadi. Sumbula ildizidan olingan mushk sharq attorchiligida, shuningdek zamonaviy parfyumeriya sohasida keng qo‘llaniladi.

«Sumbula» restoranining manzili: Toshkent shahri, Iftixor ko‘chasi, 15-uy;
Mo‘ljal: «Fleshka» (eski Malika) savdo majmuasi;
Tel: (+998-95) 146-99-39

«Sumbula» restorani har kun, soat 10:00dan soat 23:00gacha ishlamoqda.

Ularning faoliyati va yangiliklaridan «Facebook»dagi sahifa orqali hamda «Telegram»dagi kanaliga obuna bo‘lgan holda xabardor bo‘lib turishingiz mumkin.

Sumbula Oilaviy Maskani
@sumbulauz
facebook.com/sumbula.uz
telegram.me/sumbulauzb

Reklama huquqi asosida

Top