07:11 / 21.10.2016
8066

Suriyaning Hassajak aholi punktiga hujum qilgan samolyotlar Belgiyaga tegishli emasligi ma'lum qilindi

Foto: Wolfram M. Stumpf / VVS SShA / Wikipedia

Suriyaning Hassajak aholi punktiga hujum qilgan samolyotlarning "o‘ziniki-begona" tanish tizimi raqamlari Belgiya harbiy-havo kuchlariga tegishli emas, deb ma'lum qildi Belgiya mudofaa vazirligi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.        

Belgiya mudofaa vazirligi bergan bayonotga ko‘ra, Bryussel Moskvadan samolyotlar marshrutlari ko‘rsatilgan xaritani olgan, uni o‘rganib chiqib, tegishli xulosalar chiqargan.

"Xaritada joylashtirilgan va Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra Belgiya samolyotlariga tegishli ekanligi ko‘rsatilgan "o‘ziniki-begona" indentifikatsiya raqamlari noto‘g‘ridir va hech qanaqasiga Belgiya harbiy-havo kuchlari samolyotlariga tegishli emas", deb aytildi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 18 oktabrda Halab yaqinidagi Hassajak aholi punktiga ikkita F-16 samolyoti hujum qilgan. Buning oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 4 kishi yaralangan. Rossiya mudofaa vazirligida ushbu hujum uchun xalqaro koalitsiya, xususan Belgiya harbiy-havo kuchlari javobgar ekanligi aytilgan. 

Top