09:24 / 22.10.2016
16743

22 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

21 oktabr tuni va 22 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonda ayrim jinoyat turlariga qamoq jazosi belgilash bekor qilinadi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Prezident farmonini imzoladi.

>>>  Batafsil.

O‘zbekistonda sud-huquq tizimi isloh qilinadi

O‘zbekistonda sud-huquq tizimi isloh qilinadi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuchaytiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

>>> Batafsil.

Kamerunda poyezd izlardan chiqib ketishi oqibatida 53 kishi halok bo‘ldi


Foto: Reuters

Kamerunda yo‘lovchi poyezdining temir yo‘l izlaridan chiqib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 53 kishiga yetdi.

>>> Batafsil.

Filippin prezidenti Rossiya bilan harbiy ittifoq tuzmoqchi


Foto: globallookpress

O‘zining "andisha qilib o‘tirmaydigan" fe'l-atvori bilan ajralib turadigan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte uning davlati Rossiya va Xitoy bilan harbiy ittifoq tuzishi mumkinligini aytdi.

>>> Batafsil.

Schiaparelli marsolyoti Marsga qo‘nish vaqtida falokatga uchradi


Foto: Marfisi FotogrammaRopi/Globallookpress


Rossiya-Yevropa koinot qurilmasi Schiaparelli Marsga qo‘nish vaqtida uning sirtiga urildi. Bu haqda Yevropa koinot agentligi (EKA) vakili Terri Blankarga iqtibos keltirgan holda Frans Press axborot agentligi xabar bermoqda.

>>> Batafsil.

Klinton Trampni "Putin minib yuradigan ot" deb atadi


Foto: thehansindia.com

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Xillari Klinton va Donald Tramp saylovlar oldidan oxirgi marta xayriya kechki ovqatida yuzma-yuz uchrashdilar va bir-birlariga navbatdagi "iltifotlar" bildirishdi.

>>> Batafsil.

IShID snayperi Iroqda jurnalistni o‘ldirdi


Iroq shimolidagi Kirkuk shahrida IShID snayperi jurnalistni o‘ldirdi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda Frans Press axborot agentligi xabar bermoqda.

>>> Batafsil.

Instagram’da jonli translyatsiyalar sinovdan o‘tkazilayotgani alomatlari aniqlandi


Foto: tjournal.ru

TJ portali mutolaaxoni Instagram’da Facebook Live va Periscope’dagi kabi jonli translyatsiyalar xizmati sinovdan o‘tkazilayotgani alomatlarini aniqladi.

>>> Batafsil.

Wikileaks o‘z izdoshlarini AQShga kiberhujumlarni to‘xtatishga chaqirdi

Foto: nextpowerup.com

Maxfiy ma'lumotlarni e'lon qilishga ixtisoslashgan WikiLeaks portali o‘z tarafdorlariga kutilmagan murojaat bilan chiqdi.

>>>  Batafsil.

JCh-2018 musobaqasining ramzi ma'lum bo‘ldi


Foto: TASS

Zabivaka ismli bo‘ri Rossiyada o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatining rasmiy ramzi deb topildi.

>>> Batafsil.

Gvardiola Aguero va Kompani «Barselona»ga qarshi o‘yinda nega boshlang‘ich tarkibda tushmaganiga oydinlik kiritdi


Foto: Manchester city

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Barselona»ga qarshi o‘yinning boshlang‘ich tarkibiga nega Serxio Aguero va Vensan Kompanini kiritmaganiga izoh berdi.

>>>  Batafsil.

Top