16:52 / 22.10.2016
14468

Britaniya qiruvchi samolyotlari Rossiya harbiy kemalari guruhiga yaqinlashdi

Buyuk Britaniya HHK qiruvchi samolyotlari Rossiya harbiy dengiz floti kemalari zarba guruhi ustidan past balandlikda uchib o‘tgan. Britaniya harbiy samolyotlari La-Mansh hududida Rossiya kemalarini kuzatishgan, deb yozmoqda The Times.

Ikkita Tornado bombardimonchi samolyotlari 8ta kemadan iborat flotiliyaga, ular kuzatilayotganini bildirish uchun yuborilgan. 

21 oktabrda Britaniya harbiy samolyotlari Rossiya harbiy dengiz floti guruhini foto va videotasvirga olgan edi. The Times yozishicha, Birlashgan qirollik mudofaa vazirligi olingan mediamateriallardan kemalarda nimalar borligini aniqlash uchun foydalanadi. 

Rossiya harbiy zarba kemalari guruhining La-Manshdan o‘tishiga oid videolavhalarni BBC News e'lon qilgan edi. Uning tarkibiga aviatashuvchi «Admiral Kuznetsov» kreyseri, og‘ir atom raketa kreyseri «Petr Velikiy», kemalarga qarshi «Severomorsk», «Vitse-admiral Kulakov» va ta'minlash kemalari kiradi. Taxminlarga ko‘ra, guruhni atom suvosti kemalari ham kuzatib bormoqda. 

Kemalar guruhi 15 oktabrda Rossiya Shimoliy dengiz flotini tark etib, Suriya sohillari tomon yo‘l olgan edi.

Mavzuga oid
Top