23:17 / 22.10.2016
7462

Mo‘sulda mingdan ko‘proq odam gazdan zaharlandi

Foto: © AFP

Iroqning Mo‘sul shahrida mingdan ko‘proq odam gazdan zaharlanish sababli tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Odamlar IShID jangarilari tomonidan oltingugurt ishlab chiqaruvchi kimyoviy zavodga o‘t qo‘yilishi sababli zaharlanganlar. Ma'lum qilinishicha, kamida ikki kishi zaharlanishdan halok bo‘lgan.  

Iroq harbiylarining ma'lumotlariga ko‘ra, zavodda kuchli yong‘in hali ham davom etmoqda, uni o‘chirish uchun 2-3 kun ketishi va shu sababli gazdan zaharlangan odamlar soni ko‘payishi mumkin. 

Ta'kidlanishicha, voqea sababli Mo‘sul yaqinidagi G‘arbiy Kayyara bazasidagi amerikalik harbiylar o‘z sog‘liqlari uchun xavotirga tushib, himoyalovchi niqoblardan foydalana boshlashgan. 

 

Top