20:39 / 22.10.2016
12149

Zaxarova: "Nusra"ni boqib, Rossiyani ayblash – pastkashlikdir

Foto: © RIA

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova bir qator g‘arb davlatlarining Suriyaning Halab shahri bo‘yicha ikkiyuzlamachilik qilayotganini aytdi. Zaxarova feysbukdagi sahifasida "Halabdagi gumanitar falokat uchun jazavaga tushganlar gumanitar karvonlar yo‘lini to‘sayotgan terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda", deb yozdi.

"Bilishadi, indashmaydi va hech narsa qilishmaydi. "Jibhat an-Nusra"ni boqish va davolash hamda terrorchilar tinch aholiga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilayotganini kuzatib o‘tirish va shu bilan birga BMTning inson huquqlari kengashida Halabdagi gumanitar falokat uchun Rossiyani ayblash pastkashlik va surbetlikdir", deb aytdi Zaxarova.

Avvalroq Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabida Suriyada terrorchilar Halabdan aholi va taslim bo‘lgan jangarilarning chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha ishni qilayotgani ma'lum qilingandi. Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, gumanitar koridorlar hamon terrorchilar tomonidan to‘silgan, koridorlarga minomyot va reaktiv tizimlardan o‘t ochilmoqda.

 

Top