23:09 / 23.10.2016
59535

10 dangasa mamlakat: eng ko‘p dam oluvchi davlatlar

Iqlim, siyosiy tartib va har qanday sabablarga qaramay, ishdan dam olishni butun dunyo ahli yaxshi ko‘radi. Davlat miqyosidagi dam olish kunlari — millatidan qat'i nazar insonlarni birlashtiruvchi noyob omillardan hisoblanadi. Trendymen.ru qaysi mamlakat aholisi boshqalariga nisbatan ko‘p dam olishi haqida ma'lumot berdi. 

Rossiya

Davlat bayramlari: 13 bayram kuni
Rossiyada bir yilda 13 marta davlat miqyosidagi bayramlar nishonlanadi va tabiiyki, bu kunlar rasman dam olish kuni hisoblanadi. Bunga yana 28 kunlik mehnat ta'tili va haftaning barcha dam olish kunlarini qo‘shing - shunda rossiyaliklarning bir yilda 2 oydan ko‘proq vaqt dam olishiga ishonch hosil qilasiz. 

Avstriya

Davlat bayramlari: 13 bayram kuni
Avstriyaliklar o‘zlariga dam olishni eng ko‘p ravo ko‘ruvchi millatlardan biri hisoblanadi - mamlakatda har yili 25ta rasmiy davlat bayramlari nishonlanadi, ulardan 13tasi dam olish kuni, deb e'lon qilingan. 

Malta

Davlat bayramlari: 14 bayram kuni
Britaniya hamdo‘stligi tarkibiga kiruvchi orol-davlat shunchalik boy tarixga egaki, bu yerda butun mamlakat aholisi ishga chiqmaydigan 14ta rasmiy bayram mavjud. 

Polsha

Davlat bayramlari: 11 bayram kuni
Polshaliklar aksariyat slavyan mamlakatlari kabi bir yilda 11 kun dam olishadi. 

Boliviya

Davlat bayramlari: 12 bayram kuni
Issiq iqlim va mentalitet Boliviyani dangasalar ko‘nglidagi maskanga aylantiradi- bu yerda davlat darajasida rasman tasdiqlangan 12 dam olish kuni mavjud. 

Gretsiya

Davlat bayramlari: 12 bayram kuni
Gretsiyada 12ta davlat bayrami nishonlanadi va bu kunlarda xalq dam oladi. Ularning yarmi diniy pravoslav sanalariga to‘g‘ri keladi. 

Buyuk Britaniya

Davlat bayramlari: 8 bayram kuni
Inglizlar Yevropaning eng mehnatkash mamlakati hisoblanadi - bu yerda atigi 8ta rasmiy dam olish kuni bor. Shunda ham bu ularni dam olish kuni tarzida o‘tkazish yo o‘tkazmaslik ish beruvchiga bog‘liq. 

Fransiya

Davlat bayramlari: 11 bayram kuni
Frantsuzlar rasmiy dam olish kunlari uchun ko‘cha barrikadalarida kurashishgan. Endilikda ular eng yirik davlat bayramlariga nisbatan joriy qilingan 11 dam olish kuniga egalar. 

Shvetsiya

Davlat bayramlari: 11 bayram kuni
Shvedlar - ishlashni yaxshi ko‘ruvchi va dam olishni ham biluvchi xalq. Mamlakatda 11ta davlat bayrami nishonlanadi, biroq o‘ta mehnatkash kishilar ikki barobar  to‘lov evaziga bunday sanalarda ham ishlayverishadi.  

Ispaniya

Davlat bayramlari: 14 bayram kuni
Ispaniyaliklar davlat miqyosida tasdiqlangan dam olish kunlari soni bo‘yicha butun Yevropani ortda qoldirishadi. Bir yilda 14 kun bayram, har haftaning ikki dam olish kuni (shanba, yakshanba) hamda kundalik siyesta (peshingi uyqu) ispanlarning dam olishni qoyillatuvchi xalq ekanliklaridan dalolat beradi. 

Suratlar: trendymen.ru

Mavzuga oid
Top