22 oktabr tuni va 23 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
23 oktabrdan O‘zbekistonda benzin narxi ko‘tarildi
23 oktabr soat 0:00dan e'tiboran avtomobillarga quyiluvchi yoqilg‘i sotuvi yangi chakana narxda yo‘lga qo‘yildi.
>>> Batafsil.
Turkiya sharqidagi portlashda bir politsiyachi halok bo‘ldi
23 oktabrga o‘tar kechasi Turkiya sharqida portlash sodir bo‘ldi. Aniqlanishicha, Bingel viloyatida joylashgan Ganch shahrida minalashtirilgan avtomobil portlatilgan.
>>> Batafsil.
Meksikada jinoyatchilar qishloqni bosib olib, uni bir necha soat davomida tunagan
Meksikaning Idalgo shtatida bir guruh jinoyatchilar bir qishloqni tunash maqsadida bir necha soat nazorat ostida ushlab turdi.
>>> Batafsil.
Gaitida 174 mahbus turmadan qochib ketdi
Kamida 174 mahbus qo‘riqchini o‘ldirib va o‘zi bilan qurol olib Gaiti shimolidagi turmadan qochib ketdi.
>>> Batafsil.
Iroq hukumati: IShIDning Kirkukka hujumida 80 kishi halok bo‘ldi
Iroq hukumati IShID jangarilarining Iroqning Kirkuk shahriga hujum qilishi vaqtida kamida 80 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
Kamerunda poyezdning izdan chiqishi oqibatida 73 kishi halok bo‘ldi
Kamerunda me'yoridan ortiq yuklangan poyezdning izdan chiqishi oqibatida 73 kishi halok bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Yaponiyada Everestni zabt etgan birinchi ayol vafot etdi
Dunyodagi eng baland cho‘qqi – Everestni zabt etgan birinchi ayol bo‘lgani bilan tanilgan yaponiyalik Dzyunko Tabei 78 yoshida vatanida vafot etdi.
>>> Batafsil.
Mo‘sulda mingdan ko‘proq odam gazdan zaharlandi
Iroqning Mo‘sul shahrida mingdan ko‘proq odam gazdan zaharlanish sababli tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishdi.
>>> Batafsil.
Somali qaroqchilari 2012 yilda qo‘lga olingan 26 asirni ozod qilishdi
22 oktabr, shanba kuni Somali qaroqchilari 26 nafar asir - 4 yildan ortiq vaqt davomida asirlikda bo‘lgan Janubi-Sharqiy Osiyo dengizchilarini qo‘yib yuborishdi.
>>> Batafsil.
Jan-Klod Van Damm Trampga ovoz berib, Rossiya bilan yarashishga chaqirdi
Aktyor Jan-Klod Van Damm AQShdagi prezidentlik saylovlari hamda Vashingtonning Moskva bilan munosabatlariga izoh berdi.
>>> Batafsil.
RFPL. "Spartak" mehmonda "Ural"ni mag‘lub qilib, peshqadamlikni saqlab qoldi va boshqa natijalar
Rossiya chempionatining 11-turida "Spartak" jamoasi "Ural" mehmoni bo‘ldi. Bu o‘yinda moskvaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
>>> Batafsil.
«Real»ning futbolchilarga to‘laydigan ish haqi qancha ekanligi ma'lum bo‘ldi
Joriy mavsumda "Real" futbolchilariga to‘lanadigan ish haqi miqdori 31,4 million yevroga oshgan.
>>> Batafsil.
Ispaniya chempionatining 9-turida "Valensiya" o‘z maydonida "Barselona"ga 2:3 hisobida yutqazdi.
>>> Batafsil.
"Bavariya" ketma-ket ikki durangdan keyin g‘alaba qozondi
Germaniya chempionatining 8-turiga kelib "Bavariya" jamoasi o‘z muxlislarini quvontirishga erishdi.
>>> Batafsil.
"Arsenal" uyda "Midlsbro"ni mag‘lub qila olmadi va boshqa natijalar
Angliya Premer-ligasining 9-turidan oltita uchrashuv poyoniga yetdi. "Arsenal" o‘z maydonida chempionat debyutanti "Midlsbro" bilan to‘qnash keldi.
>>> Batafsil.