07:43 / 23.10.2016
4482

AT&T kompaniyasi Time Warner’ni sotib olishini rasman e'lon qildi

AQShning eng yirik telekommunikatsion kompaniyalaridan biri AT&T kompaniyasi Entertainment Group Time Warner kompaniyasini sotib olishini rasman tasdiqladi. 

AQShning uyali aloqasi bozorida yirik ishtirokchi hisoblanuvchi kompaniya Warner Bros. kinostudiyasi, CNN va HBO kabi telekanallarga egalik qiluvchi kompaniyani 85,4 mlrd dollarga sotib olmoqchi, deb ma'lum qilindi AT&T saytida.

Shu tariqa, bu bitim oxirgi yillarda telekommunikatsion tarmoqda amalga oshirilgan eng yirik bitimlardan biri bo‘lishi mumkin. Biroq uni avval AQShning tegishli idoralari ma'qullashi lozim.

Avvalroq AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AT&T’ga Time Warner.’ni sotib olishiga xalaqit berish niyatidaligini bildirgan. Uning fikricha, bunday bitimlar demokratiyani barbod qiladi, chunki juda katta hokimiyat "juda ozchilik qo‘lida mujassamlashadi".

Mavzuga oid
Top