00:36 / 23.10.2016
8819

Iroq hukumati: IShIDning Kirkukka hujumida 80 kishi halok bo‘ldi

Foto: usanews.mypi.co

Iroq hukumati IShID jangarilarining Iroqning Kirkuk shahriga hujum qilishi vaqtida kamida 80 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

21 oktabrda shahar to‘satdan jangarilarning hujumiga uchragan. 22 oktabr ertalab jangarilar shahardagi ma'muriy binolar va elektrostansiyaga hujum qilgan.

Rossiya mudofaa vazirligidagi manbaning ma'lum qilishicha, jangarilarning Kirkukka hujumi chalg‘ituvchi manyovr bo‘lgan.

 

Mavzuga oid
Top