12:20 / 24.10.2016
5697
Ekspert: «Atkinson David Luizni chetlatishga qo‘rqoqlik qildi»

Sky Sports eksperti Grem Suness APLning 9-turi doirasida «Chelsi» va «MYu» o‘rtasida kechgan va 4:0  hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U o‘yin hakami Martin Atkinsonning londonliklar vakili David Luizning raqiblar xavbeki Marvon Fellayniga nisbatan ishlatgan foliga e'tibor qaratgan.

«Hakam uchun qiyin bo‘lmagan epizod edi. Bu vaqtda arbitr qayerda joylashganini hisobga olsak, u hammasini aniq ko‘rib turgandi. Luiz raqibga uzun tikanaklari bilan (butsa tishlari - tahririyat) tikka tashlanganini qanday ko‘rmaslik mumkin? Ammo u sariq kartochka bilan kifoyalandi.

Axir Luiz qoidalarni oyoqlari bilan toptagandi… Bu uchun uni maydondan haydab chiqarish lozim edi. Atkinson esa shunchaki qo‘rqoqlik qildi», – degan Suness Daily Mail nashriga.

Top