23:06 / 24.10.2016
9821

Xitoyda 600 km/soatgacha tezlashishi mumkin bo‘lgan yangi poyezd harakatlana boshlaydi

Foto: defence.pk

Xitoyning CRRC temir yo‘l kompaniyasi 600 km/soatgacha tezlasha oladigan yuqori tezlikda harakatlanuvchi yangi poyezd yaratilishini ma'lum qildi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar berdi. 

Bu poyezd magnit yostiqchasida harakatlanuvchi poyezd – maglev bo‘ladi. Bunda poyezd tarkibi temir yo‘l izlari bilan tutashmaydi, u elektrmagnit maydon kuchi yordamida harakatga keltiriladi. Bunday poyezdlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiyada mavjud bo‘lib, Xitoyda ham bunday poyezd bor: u Shanxayni Xuntsyao aeroporti bilan bog‘laydi. Kompaniyaning va'da berishicha, yangi poyezd tarixdagi eng tez poyezd bo‘ladi. Uning yordamida Shanxaydan Pekingacha yo‘l 2 soatni, Londonda Parijgacha esa bor-yo‘g‘i 34 daqiqani oladi.

Malgevni ishga tushirish uchun yangi yo‘l qoplamasi kerak bo‘ladi. Kompaniya yo‘lning 5 km uzunlikdagi sinov qismini qurishni boshlab yubordi. Yangi poyezd zamonaviy poyezdlarga nisbatan 40 foiz kamroq energiya sarflaydi.  

 

Top