07:07 / 24.10.2016
14863

Qatarning sobiq amiri vafot etdi

Foto: EPA/ALI HAIDER

Qatarda sobiq amir Xalifa ibn Hamad Ol Soniy 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Agentlikning mahalliy televideniyega iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, amaldagi amir Tamim ibn Hamad Ol Soniy shu munosabat bilan mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilgan.

Qatarning 6-amiri bo‘lgan shayx Xalifa ibn Hamad ibn Abdulloh ibn Qosim ibn Hamad Ol Soniy Ol Soniylar sulolasining 2-amiri bo‘lgan. U 1932 yil 17 sentabrda tug‘ilgan va 20 yildan ko‘proq – 1972 yildan 1995 yilgacha Qatarni boshqargan.

Top