21:34 / 24.10.2016
5409

Osiyo Chempionati-U19. Yaponiya chorak finalda Tojikistonni yengib, jahon chempionatiga yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

Foto: @theafcdotcom

Bahrayn mezbonligida o‘tayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida yarim finalga yo‘llanma olgan uchinchi jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. Chorak finalning avvalgi uchrashuvlarida Saudiya Arabistoni va Vetnam yarim final va mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Chorak finalning uchinchi o‘yinida Yaponiya yoshlari Tojikiston darvozasiga javobsiz 4ta gol yo‘lladi. Guruh bosqichida yaponiyaliklar O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi Eron bilan durang o‘ynagandi.

Osiyo Chempionati—U19
Chorak final

Yaponiya — Tojikiston 4:0
Gollar: Ogava Koki, 8 (1:0). Doan Ritsu, 19 (2:0). Ogava Koki, 73 (3:0). Yuto Ivasaki, 88 (4:0).

Top