21:34 / 24.10.2016
10699

Samsung kompaniyasi Galaxy S8 ustida ishni to‘xtatdi

Foto: GETTY IMAGES

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S8 smartfoni ustidagi ishni ikki haftaga to‘xtatdi. Bu kompaniya muhandislari Galaxy Note 7’ning qizib ketishi sababini aniqlashga urinayotganlari bilan bog‘langan. Smartfonlarning qizib ketishi ularning portlashiga olib kelgan. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Hozirgacha muhandislarda bu nosozlikka nima sabab bo‘lgani borasida javob yo‘q. Mutaxassislar buning turli sabablarini – mos kelmagan dasturiy ta'minotdan boshlab akkumulyator sig‘imining juda kichikligigacha bo‘lgan variantlarni ko‘rib chiqishmoqda.

Sentyabr boshida kompaniya nosozlik bartaraf etilganini ma'lum qilib, avval sotib olingan telefonlarni sozlariga almashtirib berishni boshlagandi. Biroq bundan keyin ham portlash holatlari davom etavergan. Shu sababli Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7’larni ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur bo‘lgan va barcha xaridorlarga qurilmadan foydalanmaslikni tavsiya qilgan.   

 

Mavzuga oid
Top