14:15 / 25.10.2016
42673
25 yildan beri ostona xatlab ko‘chaga chiqmagan misrlik ayolning vazni 500 kilogrammga yetdi

Dunyodagi eng semiz ayol hisoblangan 36 yoshli misrlik ayolning vazni 500 kilogrammga yetdi. Bu haqida Emirates 24/7 nashri xabar berdi

Misrning shimolidagi Iskandariya shahrida istiqomat qiluvchi Imon Ahmad Abdulatiy 25 yil mobaynida o‘z uyini tark etmagan, chunki 11 yoshidan beri uni vazn bilan bog‘liq muammolar qiynaydi. 

Manbaga ko‘ra, bu muammoni hal qilish yo‘lidagi bir necha urinishlardan keyin uning singlisi Chaymaa Ahmad Abdulatiy jamoatchilikka yordam so‘rab murojaat qilgan. 

Imon o‘z onasi va singlisi bilan bir hovlida yashaydi.

Oila a'zolarining so‘zlariga ko‘ra, Imon 11 yoshida falaj kasalligini boshdan o‘tkazgan va bu uning “to‘shakka mixlanib qolishi”ga va vazn to‘plashiga sabab bo‘lgan. U o‘zi mustaqil ravishda harakatlana olmaydi, hatto hojatxonaga ham yaqinlarining yordami bilan chiqadi. 

Manbada ta'kidlanishicha, Imon 5 kilogramm vazn bilan dunyoga kelgan. 

Unga elefantiaz – parazit infeksiya tashxisi qo‘yilgan, u insonning oyoqlari va qo‘llarida o‘simtalar paydo bo‘lishiga olib keldi. 

Tibbiyot xodimlari qizning vazni bilan bog‘liq muammosi uning organizmdagi suyuqlikni tashqariga chiqarish jarayonining buzilishda bo‘lishi mumkinligini aytishgan. Bu esa hozirda uning tanasida ortiqcha suyuqlikning ko‘pligidan dalolat beradi. 

Imon Qohiradagi Shoshilinch jarrohlik shifoxonasiga olib borilmasa, hayotdan ko‘z yumishi mumkinligidan qo‘rqmoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, u vaznidagi muammo sabab maktabga ham bora olmagan. 

Top