10:51 / 25.10.2016
5324

Galaxy Note 7 egalarining hammasi ham smartfonni topshirishga shoshilmayapti

Galaxy Note 7 smartfonining butun dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan o‘z-o‘zidan yonib ketishi hodisalari kuzatilayotganiga qaramasdan, smartfon egalarining hammasi ham Samsung kompaniyasining qaytarish va almashtirish dasturidan foydalanishmadi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, milliondan ortiq qurilmalardan hali-hanuzgacha foydalanilmoqda. Flagman qaytarilmasligining barchada o‘ziga xos sababi bor. 

Hozirgi kunda Galaxy Note 7 egalari "smartfon-bomba"ni Galaxy S7 yoki Galaxy S7 edge smartfoniga kompaniya tomonidan to‘lanadigan qo‘shimcha kompensatsiyani olgan holda almashtirishlari mumkin. Yoki Galaxy S7, Galaxy S7 edge narxining yarmini to‘lagan holda, 2017 yilda Galaxy S8 smartfonini tekinga olishlari mumkin. Shuningdek, flagman narxining to‘liq to‘langan summasi qaytarilishi varianti ham mavjud. 

Galaxy Note 7ni almashtirish istagi yo‘q foydalanuvchilar shuni yodda tutishlari kerakki, jahondagi ko‘pchilik aviakompaniyalar o‘z reyslarida bu flagmanni birga olishni taqiqlashdi, AQShda esa bu jinoyat hisoblanadi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Samsung AQSh, Janubiy Koreya va Avstraliya aeroportlarida Note 7 almashtirish markazlarini tashkil etdi.

Mavzuga oid
Top