00:24 / 25.10.2016
27985

"Oltin to‘p"ga nomzodlarning to‘liq ro‘yxati ma'lum qilindi

France Football fransuz jurnali "Oltin to‘p" mukofotiga nomzod futbolchilarning to‘liq ro‘yxatini chop etdi. Bu haqda jurnalning rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

Oxirgi 5 nomzod orasiga Portugaliyaning "Sporting" klubi darvozaboni Ruy Patrisiu, "Lester" hujumchisi Jyeymi Vardi, Madridning "Real" himoyachisi Serxio Ramos, "Barselona" hujumchisi Luis Suares va "Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal kirdi.

Avvalroq 25 nomzod nomi e'lon qilingandi, bular: Zlatan Ibrohimovich, Pol Pogba ("Manchester Yunayted", Angliya), Andres Inesta, Lionel Messi, Neymar ("Barselona", Ispaniya), Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl, Pepe, Luka Modrich, Toni Kroos ("Real", Ispaniya), Robert Levandovski, Tomas Myuller, Manuel Noyyer ("Bavariya", Germaniya), Riyoz Mahrez ("Lester", Angliya), Dimitri Payye ("Vest Xem", Angliya), Ugo Loris ("Tottenxem", Angliya), Koke, Antuan Grizmann, Diyego Godin ("Atletiko", Ispaniya), Gonsalo Iguain ("Napoli", Italiya), Kevin de Bryuyne, Serxio Aguero ("Manchester Siti", Angliya), Paulo Dibala, Janluiji Buffon ("Yuventus", Italiya), Per-Emerik Obameyang ("Borussiya" Dortmund, Germaniya).

FIFA joriy yildan ushbu mukofotni topshirmaydi, chunki uning France Football bilan hamkorligi yakun topdi. "Oltin to‘p" jurnal tomondan 1956 yildan beri topshirib kelinadi, 1988 yilda FIFAning o‘z "Yil o‘yinchisi" mukofoti kiritilgan. 2010 yilda jurnal noshirlari FIFA bilan 5 yillik shartnoma tuzishgandi. Unga ko‘ra "Oltin to‘p" egasi FIFA tomonidan milliy terma jamoalar murabbiylari, sardorlari va OAV vakillarining ovoz berishi yo‘li bilan tanlanardi. Bu yildan yilning eng yaxshi o‘yinchisi faqatgina jurnalistlar tomonidan tanlanadi.

Mukofot egasi nomi va o‘yinchilarning to‘liq reytingi 13 dekarbda ma'lum qilinadi.

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid
Top