19:56 / 26.10.2016
6580

Erdo‘g‘an: “Biz Iroq diniy urush iskanjasida qolishini istamaymiz”

Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya Iroq diniy urushga tortilishini istamasligini ma'lum qildi.

"Biz birovning yeriga da'vo qilmaymiz. Bizning chegaralarimiz yagona, ammo e'tiqod chegaralari umuman boshqa narsa. Biz bilan Iroq va Suriya o‘rtasida madaniy va diniy aloqalar bor. Biz Iroq diniy urush iskanjasida qolishni istamaymiz", — dedi Erdo‘g‘an Anqara mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlari rahbarlari oldida.

Uning ma'lum qilishicha, 1920 yildagi Milliy paktda (Misak-ı milli) Turkiya tarkibida Iroqning bir qismi, jumladan, Mo‘sulning kirishi ko‘rsatilgan bo‘lib, bu fantaziya emas, balki “tarixiy haqiqatdir”.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriyaning Halabidagi vaziyatlar sabab o‘zida muammolar ko‘rmayapti.

"Ammo bizning e'tirozlarimiz bor. Men Halab aholisiga tinchlik va xotirjamlik kerakligi to‘g‘risida Putin bilan gaplashganman. Bizning ular bilan qarindoshchilik aloqalarimiz bor. Agar Halab bosib olinsa, u yerdagilar Turkiyaga Gaziantep, Kilisga kelishadi", — dedi Erdo‘g‘an.

Mavzuga oid
Top