17:13 / 26.10.2016
9685

Xyu Lori Hollivudning Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi

Foto: AFP

"Jivs va Vuster" hamda "Shifokor Xaus" seriallari yulduzi 57 yoshli britaniyalik aktyor Xyu Lori Hollivuddagi Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi. Lorini qo‘llab-quvvatlash uchun uning do‘sti, aktyor va yozuvchi Stiven Fray, Xaus haqidagi serial yaratuvchisi Devid Shor va boshqa taniqli shaxslar tashrif buyurishdi.  

Lori AQShga jinsi mato, pitssa va martini uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek o‘zining omadli inson ekanini ta'kidladi. 

Foto AFP

"Dunyo adolatsiz, haqiqat shundaki mening yoshim 57da va omad menga avval boshdanoq hamrohlik qildi - shu darajadaki, har kuni ustimga pianino ag‘darilishini kutaman...shunchaki muvozanat uchun".

Foto AFP
Top